13май
Xorazm va Buxoro viloyatlari narkologiya xizmatlari o‘zaro tajriba almashdi



Joriy yilning 12-may kuni Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi narkologiya xizmati bo‘yicha Xorazm viloyati filiali direktori A. Jumaniyozov tajriba almashish va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Buxoro viloyati filialida bo‘ldi.
Uchrashuv davomida mehmonlar filialning umumiy faoliyati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda davolash jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, poliklinika bo‘limi, fizioterapiya xonasi, rentgen xonasi, kunduzgi davolash bo‘limi va funksional diagnostika xonalari faoliyati ko‘zdan kechirildi.
💡Shuningdek, mastlik holatini aniqlash xonasi, laboratoriya bo‘limi, majburiy va ixtiyoriy davolanish bo‘limlari, sudga oid narkologik ekspertiza xonasi hamda bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar bilan tanishildi. Yangi tashkil etilgan reanimatsiya bo‘limi, servis palatalar va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya bo‘limida yaratilgan imkoniyatlar ham muhokama qilindi.
Uchrashuv jarayonida narkologik xizmat sifatini yanada oshirish, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya ishlarini takomillashtirish, zamonaviy tibbiy uskunalardan samarali foydalanish va sohadagi ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🔼Tomonlar kelgusida ham o‘zaro hamkorlikni davom ettirish, sohadagi tajribalarni ommalashtirish hamda bemorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish borasida tizimli ishlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya


