13май
PF-207 ijrosi doirasida Urganch tumanida narkologik xizmatlar holati o‘rganilmoqda




Ayni vaqtda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining tashkiliy uslubiy boʼlimi mudiri Jura Toirov tomonidan Urganch tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika shifokor narkologining PF-207 ijrosi doirasida tuman aholisiga ko‘rsatilayotgan narkologik xizmatlar holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aholi orasida narkologik kasalliklarning erta aniqlanishi, profilaktika choralari samaradorligi, shuningdek, bemorlarga poliklinikada narkologik yo‘nalishda olib borilayotgan qabul jarayonlari, murojaatlar bilan ishlash tartibi hamda bemorlarni hisobga olish va monitoring qilish tizimi batafsil tahlil qilinmoqda.
‼️Mazkur jarayonda tibbiyot xodimlarining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etishi, profilaktik ko‘riklar tashkil etilishi hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, narkologik xizmat ko‘rsatish tizimida mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsad qilingan. O‘rganish natijalari asosida xizmat sifatini yanada yaxshilash, aholiga qulay va samarali tibbiy yordam ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanadi.
Mazkur monitoring ishlari PF-207 ijrosini ta’minlash, sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish hamda aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan.
Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya


