Xorazm viloyatida 31-may butunjaxon chekishga qarshi kurash kuni munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirlar doirasida.
Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm viloyat mintaqaviy filialining shifokor narkologlari 31-may butunjaxon chekishga qarshi kurash kuni munosabati bilan chekishning inson organizmiga zararlari toʻgʻrisida Xorazm viloyat teleradiokampaniyasida toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatiladigan “Salomat boʻling” koʻrsatuvida va “Assalom tong” koʻrsatuvida, shuningdek viloyat radiosida chiqishlar qilishdi.




Filial shifokorlari rejaga muvofiq oliy va oʻrta taʼlim muassasalarida va boshqa tashkilotlarda chekishning zararli oqibatlari toʻgʻrisida maʼruza va davra suxbatlari oʻtkazishdi. Talaba yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan koʻplab savollarga javob olidilar.




Shuningdek filial tibbiy xodimlari tomonidan axoli va uyushmagan yoshlarni qamrab olish maqsadida viloyat markazining odam gavjum boʻladigan joylari yani istiroxat bogʻi, markaziy dexqon va buyum bozori, “Toʻmaris nur” savdo majmuasida katta profilaktik targʻibot tadbirlari oʻtkazildi. Oʻtkazilgan targʻibot tadbirlarini taʼsirchanligini oshirish maqsadida chekishning zararli oqibatlarini yoritib beruvchi 2000 dan ortiq tarkatma material (buklet) lar tarqatildi.








Profilaktik tadbirlar reja asosida davom qildirilmoqda.
Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya


